Anchelotti Xabi Alonsoni qo'llab-quvvatladi

Sobiq "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hozirgi "qaymoqranglilar" ustozi Xabi Alonsoning tanqidga uchrayotganiga munosabat bildirdi. "Real"da durang natijani ham inqiroz alomati sifatida qabul qilishadi.
Ammo "Real"ning hozirgi natijalari juda ajoyib. Yana nima talab qilish mumkin?", - dedi Anchelotti AS nashriga bergan intervyusida.
Milliy terma jamoalar o'yinlari uchun tanaffusdan oldin "Real" derbida "Rayo Valyekano" bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi. "Real" ayni damda Ispaniya La Ligasining turnir jadvalida birinchi o'rinda joylashgan.
Xabi Alonsoning jamoasi ikkinchi o'rindagi "Barselona"ni uch ochkoga ortda qoldirmoqda. Eslatib o'tamiz, Karlo Anchelotti hozirda Braziliya terma jamoasini boshqarmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing