
Madridning "Real" klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilyan Mbappe jamoasi joriy mavsumda ishtirok etayotgan barcha musobaqalarda gʻalaba qozonishni maqsad qilganini taʼkidladi. U soʻnggi ikki oʻyinda jamoa kutilgan natijani qayd eta olmaganini tan oldi, biroq terma jamoalar oʻyinlari uchun boʻlgan tanaffusdan keyin "Real" yanada kuchliroq qaytishini vaʼda qildi.
"Real" magʻlub boʻlsa, odamlar har doim koʻp gapirishadi. Bizning maqsadimiz – joriy mavsumda barcha turnirlarni yutish.
Barcha futbolchilar bunga intilmoqda", – dedi Mbappe. 2025/2026-yilgi mavsumda Mbappe 19 oʻyinda maydonga tushib, 19 gol urdi va 2 golli uzatma amalga oshirdi.
La Liga turnir jadvalida "Real" 12 turdan keyin 31 ochko bilan birinchi oʻrinda bormoqda. "Barselona"ni 3 ochkoga ortda qoldirgan jamoa Chempionlar ligasi guruh bosqichida esa 9 ochko bilan yetakchilar qatorida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.