Rodrigo: "Real"dagi muhit ajoyib

Rodrigo: "Real"dagi muhit ajoyib

Rodrigo: "Real"dagi muhit ajoyib
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Rodrigo jamoada qanday muhit hukm surayotgani haqida o'z fikrini bildirdi. Avvalroq ommaviy axborot vositalari jamoaning bir qismi bosh murabbiy Xabi Alonso ishidan norozi ekani haqida xabar qilgan edi.

"Klubda hozir hammasi juda yaxshi. Har doimgidek, hammasi ajoyib", — dedi braziliyalik vinger Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

2025/2026-yilgi mavsumda Rodrigo Madrid klubi safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va hozircha faqat bitta golli uzatmani amalga oshirdi. 12 turdan so'ng, Xabi Alonso boshchiligidagi "Real" Ispaniya chempionati turnir jadvalida 31 ochko jamg'arib, birinchi o'rinda bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar