
Arsenalning sobiq futbolchisi Jilberto Silva Madridning Real klubi futbolchisi Rodrigoni London klubiga taklif qilishni maslahat berdi. Uning fikricha, Rodrigo nafaqat chap qanotda, balki hujumning boshqa pozitsiyalarida ham muvaffaqiyatli o'ynashi mumkin.
"Rodrigo Real asosiy tarkibiga tez-tez kirmayapti. Shuning uchun uning transferi haqidagi gap-so'zlar davom etmoqda.
Agar u Madridda o'z ahvolidan norozi bo'lsa, Arsenal uni o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rishi mumkin", – dedi Silva Arsenal News Channel nashriga bergan intervyusida. Shu bilan birga, Silva Rodrigo kabi futbolchi yangi jamoaga tezda moslashishi qanchalik oson bo'lishini savol ostiga qo'ydi: "Balki bir necha yil avval Arsenal uchun darhol tarkibga moslashadigan futbolchini topish osonroq bo'lsa kerak edi.
Hozir esa bu ancha murakkab kechmoqda." Eslatib o'tamiz, yozgi transfer oynasida Arsenal Rodrigoni qo'lga kiritish uchun asosiy daʼvogar klublardan biri edi, ammo futbolchi Madridda qolishni ma'qul ko'rgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.