date

Real Madrid himoyachisi terma jamoani tark etdi


Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Din Xoysen Ispaniya terma jamoasining Turkiyaga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinida ishtirok eta olmaydi. 20 yoshli futbolchi ilgari Gruziyaga qarshi uchrashuvni ham mashg'ulotda olgan mushak jarohati sabab o'tkazib yuborgan edi.

Cope nashrining xabariga ko'ra, Xoysen saralash bosqichining so'nggi tur uchrashuviga tayyorgarlik ko'rmaydi va "qizil furiya" safini muddatidan avval tark etgan. Shuningdek, futbolchining 23-noyabr kuni "Elche"ga qarshi "Real"ning navbatdagi uchrashuvida maydonga tushishi ham hozircha noma'lum bo'lib qolmoqda.

Ispaniya va Turkiya terma jamoalari uchrashuvi 18-noyabr kuni bo'lib o'tadi. Luis de la Fuente jamoasiga jahon chempionatiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma olish uchun yetarlicha yetti toʻp farqi bilan magʻlub boʻlmaslik kifoya qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Madrid himoyachisi terma jamoani tark etdi