
Manchester Yunayted afsonaviy sobiq futbolchisi Rio Ferdinand Madridning Real klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemni tanqid qilganlarga o'z munosabatini bildirdi. 22 yoshli yarim himoyachi yaqinda Angliya terma jamoasining Albaniya bilan o'yinida o'rniga boshqa futbolchi tushirilganiga nisbatan salbiy munosabatda bo'ldi.
"Bellignem haqida doim gapirishadi va men juda ko'p bo'rttirilgan salbiy maqolalarni ko'rmoqdaman, bu esa mutlaqo qabul qilinmaydi. Rostini aytsam, bu meni hayratga solmoqda, chunki hech bir muhim futbolchi o'zini almashtirilishini xohlamaydi.
Masalan, Runi va Ronaldu bilan ham bunday holatlar tez-tez bo'lgan. Men bunday reaksiyani normal deb hisoblayman", - deydi Ferdinand Madrid Universalga bergan intervyusida.
Angliya terma jamoasi saralash bosqichidagi barcha o'yinlarda g'alaba qozonib, jahon chempionatiga ishonchli tarzda yo'l oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.