Benzema: Vinisius «Oltin toʻp»ni yutishi mumkin

Benzema: Vinisius «Oltin toʻp»ni yutishi mumkin
Karim Benzema Vinisius Juniorning «Oltin toʻp»ni qoʻlga kiritish imkoniyati haqida oʻz fikrini bildirdi. Benzemaning soʻzlariga koʻra, Vinisius ushbu mukofotga sazovor boʻlishi uchun oʻz xulq-atvorini oʻzgartirishi kerak.

"Mening fikrimcha, Vinisius bir kuni «Oltin toʻp»ni yutishi mumkin. Bu oson emas, lekin mumkin.

Bu shunda sodir boʻladiki, u maydonga faqat oʻyin uchun chiqishini anglaganida va boshqa barcha narsalarni chetga surib qoʻyganida. U «Oltin toʻp»ni yutishi mumkin.

Unda bu uchun zarur sifatlar bor va u eng yaxshi joyda – «Real»da. Bundan yaxshi joy yoʻq", – deya Benzemaning soʻzlarini keltiradi AS nashri.

Eslatib oʻtamiz, Karim Benzema 2022 yilda «Oltin toʻp»ni qoʻlga kiritgan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar