date

Karim Benzema Real Madrid haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi


Sobiq "Real Madrid" futbolchisi Karim Benzema "Real"ning hozirgi holati haqida fikr bildirdi. Fransuz o‘yinchisi Xabi Alonso boshchiligidagi jamoaning o‘yinidan mamnunligini aytdi.

"Menga "Real Madrid" juda yoqadi. Hozir ular haqida ko‘p gapirishmoqda, lekin bu har doim shunday bo‘lgan.

Jamoa durang o‘ynasa yoki mag‘lubiyatga uchrasa, buni allaqachon inqiroz deb atashadi. Keyin esa jamoani dunyoning eng yaxshisidan murabbiyni yoki biror futbolchini shubha ostiga qo‘yadigan darajaga olib kelishadi...

Bu oddiy hol, axir ular dunyoning eng yaxshi jamoasi. Lekin men bu jamoani yaxshi ko‘raman", – deya Benzemaning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Eslatib o‘tamiz, Karim Benzema 2009 yildan 2023 yilgacha "Real Madrid" sharafini himoya qilgan. 2022 yilda fransuz futbolchisi "Oltin to‘p" mukofotini qo‘lga kiritgan.

Hozirda u Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubida o‘ynayapti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karim Benzema Real Madrid haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi