Shtiller "Real"ni tanlamoqda

Shtiller "Real"ni tanlamoqda
Germaniyaning "Shtutgart" klubi yarim himoyachisi Angelo Shtiller o'ziga yangi jamoa tanladi. Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi Madridning "Real" klubiga o'tishni afzal ko'radi.

U "Manchester Yunayted", "Bavariya", "Liverpul" va Dortmundning "Borussiya" klublariga qaraganda "Real"da o'ynashni xohlamoqda. Futbolchining bu qarorida Xabi Alonsoning bosh murabbiy sifatida ishlashi asosiy omil bo'lgan.

Shuningdek, Shtiller "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorimning transferlar ro'yxatida birinchi o'rinlardan birini egallab turgani haqida ham xabarlar tarqalgan edi. Joriy mavsumda Shtiller barcha musobaqalarda 17 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar