
Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso hali ham hujum chizigʻida Kilian Mbappe va Vinisius Junior bilan birga oʻynaydigan uchinchi futbolchini tanlamagan. Kilian Mbappe va Vinisius Junior odatda "qirollik klubi"ning asosiy tarkibidan joy oladi.
Biroq, uchinchi hujumchi oʻrni uchun bir qancha futbolchilar oʻrtasida raqobat davom etmoqda. Marca nashrining xabar berishicha, hozircha hech bir nomzod oʻz oʻyini bilan Alonsoni toʻliq ishontira olmagan.
Ispaniyalik mutaxassis hujumda eng yaxshi kombinatsiyani topish uchun izlanishda davom etmoqda. Yakshanba kuni "Real" La Liganing 13-turida "Elche"ga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
Hozirda Madrid jamoasi Ispaniya chempionati turnir jadvalida "Barselona"dan uch ochko oldinda peshqadamlik qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.