
Barselona bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Ispaniya La Ligasidagi "Real" bilan raqobat haqida fikr bildirdi. Hozirda kataloniyaliklar musobaqa jadvalida ikkinchi o'rinda borishmoqda va Madrid klubidan uch ochko ortda qolishmoqda.
"Real" bilan o'yindan oldin tur o'ynash yaxshi natijami? Har bir o'yinga alohida eʼtibor bilan yondashish kerak.
May oyining oxirigacha uzoq yo'lni bosib o'tishimiz kerak. O'tgan mavsumda aytganimdek, "Real" juda kuchli raqib.
Ammo "Vilyarreal" va "Atletiko" kabi jamoalar ham bor. Har bir uchrashuvda o'zimizni maksimal darajada namoyon qilishimiz lozim.
Aynan shu sababli muxlislar bizni qo'llab-quvvatlashadi," - dedi Flik matbuot anjumanida. Shanba kuni "Barselona" o'z uyida "Atletik"ni qabul qiladi.
Yakshanba kuni esa "Real" safarda "Elche"ga qarshi maydonga tushadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.