date

Deku: "Barcelona" chempionlik uchun kurashmoqda


Barcelona sport direktori Deku jamoaning chempionlik poygasidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi. "Biz chempionlik poygasidamiz.

Bu yil ham, oʻtgan mavsumdagidek, katta qiyinchiliklarga duch keldik: asosiy futbolchilarning koʻp jarohatlari sabab ulardan foydalana olmadik. Ammo shunga qaramay, "Real" bilan kurashmoqdamiz.

Chempionat ogʻir kechadi," — dedi Deku Barca Universal nashriga bergan intervyusida. Shuningdek, u chempionlik uchun "Atletiko" va boshqa klublar ham daʼvogar ekanligini qoʻshimcha qildi.

Hozirda "Barcelona" Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 13 oʻyinda 31 ochko toʻplab peshqadamlik qilmoqda. "Real"ning ham shuncha ochkosi bor, ammo zahirada bir oʻyin bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Deku: "Barcelona" chempionlik uchun kurashmoqda