
Real Madrid prezidenti Florentino Peres Barcelona klubini tanqid qildi. Madrid klubi rahbari "Negreyra ishi" deb atalgan mojaro haqida gapirdi.
Ma'lum bo'lishicha, katalon klubi bir vaqtlar Hakimlar texnik qo'mitasi vitse-prezidenti boʻlgan Jose Maria Enriquez Negreyra bilan moliyaviy aloqalarda boʻlgan. "Barcelona 17 yil davomida Hakimlar texnik qo'mitasi vitse-prezidentiga 8 million yevrodan ortiq pul to'lagani nomaqbul holat.
Buning sababi nima bo'lishidan qat'i nazar, ushbu qo'mita vitse-prezidenti muhim vazifalarni bajargan. Qiziq tomoni shundaki, bu davr Barcelonaning eng yaxshi natijalari bilan mos keladi", – dedi Peres Marca nashriga bergan intervyusida.
Avvalroq Barcelona rahbariyati Negreyra xizmatlarini hakamlik qarorlariga ta'sir o'tkazish uchun emas, balki hakamlik bo'yicha hisobotlar olish uchun yollaganini ma'lum qilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.