
Madridning "Real" jamoasi La Liga doirasida "Elche"ga qarshi o'yinda qiyin holatga tushib qoldi. Mezbonlar maydon egalari ikkinchi bo'lim boshida hisobni ochishdi.
Mehmonlar esa faqat 77-daqiqada javob qaytarishga muvaffaq bo'lib, 266 daqiqalik gollarsiz seriyasiga nuqta qo'yishdi. "Real" safida uzoq kutilgan golni himoyachi Din Xeysen kiritdi.
Biroq madridliklarning quvonchi uzoq davom etmadi, chunki 84-daqiqada "Elche" yana hisobda oldinga chiqib oldi – 2:1. Ammo "Real" tezda javob qaytarib, Jud Bellingemning goli evaziga hisobni tenglashtirdi.
Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso boshchiligidagi jamoa avvalgi uchrashuvlarda "Rayo Valyekano" (0:0) va "Liverpul"ga (0:1) qarshi o'yinlarda gol ura olmagandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.