date

Mbappe Alonso qoʻl ostida ketma-ket uch oʻyinda gol ura olmadi

Mbappe Alonso qoʻl ostida ketma-ket uch oʻyinda gol ura olmadi
Madridning "Real" hujumchisi Kilian Mbappe La Liga doirasida "Elche"ga qarshi oʻyinda (2:2) gol ura olmadi. "Qirollik klubi" magʻlubiyatdan Dyun Hoeysen va Jud Bellingemning 78 va 87-daqiqalardagi aniq zarbalari tufayli qutulib qoldi.

Diqqatga sazovor jihati shundaki, Mbappe Xabi Alonso bosh murabbiylik qilayotgan paytda, shuningdek, joriy mavsum davomida ilk bor ketma-ket uch oʻyinda gol ura olmadi. Avvalroq fransuz hujumchisi "Rayo Valyekano" (0:0) va "Liverpul"ga (0:1) qarshi oʻyinlarda ham hisobni ochishga erisha olmagan edi.

Bu aprel oyidan beri uning klubdagi eng uzoq davom etgan golsiz seriyasidir. Shunga qaramay, "Elche"ga qarshi oʻyinda Mbappe samarali harakatlarsiz qolmadi: u ikkinchi golga assistentlik qildi.

Mbappe hali ham La Liga toʻpurarlari poygasida 13 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mbappe Alonso qoʻl ostida ketma-ket uch oʻyinda gol ura olmadi