
Madridning "Real" klubi vingeri Rodrigo yana gol ura olmadi. Braziliyalik futbolchi La Liga doirasidagi "Elche"ga qarshi bugungi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Ammo 57-daqiqada u samarali harakatlar qayd eta olmagan holda Vinisius Junior bilan almashtirildi. StatMuse ma'lumotlariga ko'ra, Rodrigo "Real" safida ketma-ket 29 o'yinda gol ura olmagan.
U oxirgi marta mart oyining boshlarida gol urgan edi. Oʻshanda jamoaga hali Karlo Anchelotti bosh murabbiylik qilayotgan va ular Chempionlar ligasida "Atletiko"ga qarshi oʻynagan edi.
Shuni ta'kidlash joizki, Rodrigo har doim ham asosiy tarkibda maydonga tushavermaydi. U ko'pincha o'yinning so'nggi daqiqalarida zaxiradan maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.