
13 yil davomida «Real Madrid» jamoasida faoliyat yuritgan yarim himoyachi Luka Modrich yaqinda Italiya A Seriyasining «Milan» klubiga o‘tdi. 40 yoshli xorvatialik futbolchi yangi klubiga o‘tishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Men har doim aytib kelganman: «Real»dan keyin qaysi jamoaga o‘tmay, bu orqaga qadam degan ma’noni anglatadi. Bu borada hech qanday shubha yo‘q va buni barcha futbolchilar tasdiqlashi mumkin.
Ammo men «Real»ning tarixiy va nufuziga yaqin bo‘lgan jamoaga o‘tdim, deb hisoblayman. Bu mening uchun eng ideal variant bo‘ldi. Ayniqsa, «Milan»ni yaxshi ko‘rganim uchun. Men italyan futbolida voyaga yetdim.
«Milan» bolaligimdan eng ko‘p qoyil qolgan klubim edi. Shunday imkoniyat paydo bo‘lganida, darhol bu to‘g‘ri qaror ekanligini angladim. Shahar ajoyib. Meni klub ichida ham, undan tashqarida ham ajoyib tarzda kutib olishdi.
Jamoa a’zolari, murabbiylar va muxlislar – barchasi bu yerda yuqori darajada. «Milan»ning dunyoning eng yirik klublaridan biri ekanligi har qadamda sezilib turibdi.
Men bu yerda chin dildan baxtli va mamnunman», – dedi Modrich Arena Sportga bergan intervyusida. Hozirda «Milan» A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.