Pedri maydonga qaytishga yaqin

Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Pedri jarohatdan soʻng maydonga qaytishga yaqin turibdi. Futbolchi umumiy guruhda mashgʻulotlarni boshladi.
Bu esa uning rasmiy oʻyinlarda tez orada maydonga tushishini anglatadi. Ehtimol, Pedri allaqachon shanba kuni "Barselona"ning Ispaniya chempionati doirasida oʻz maydonida boʻlib oʻtadigan basklarning "Alaves" klubiga qarshi oʻyinida qatnashishi mumkin.
Hozirgi kunda "Barselona" Ispaniya chempionatining amaldagi chempioni sifatida turnir jadvalida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. Yetakchilikni esa madridlik "Real" egallab turibdi va ular "Barselona"dan bor-yoʻgʻi bir ochko oldinda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing