date

Gvardioladan talab: Husanov Vinisiusga qarshi asosiyda bo‘lsin

Gvardioladan talab: Husanov Vinisiusga qarshi asosiyda bo‘lsin

Yevropa futbolining eng kutilgan kechalaridan biri — «Santyago Bernabeu»dagi «Real» va «Manchester Siti» to‘qnashuviga sanoqli vaqt qoldi. 10-dekabrdan 11-dekabrga o‘tar tun soat 01:00 da start oladigan ushbu jang Chempionlar ligasi umumiy bosqichining markaziy bahsi sifatida talqin etilmoqda.

Bu to‘qnashuvning yana bir muhim jihati — o‘tgan mavsumdagi o‘zaro o‘yinlar tarixi. O‘shanda madridliklar aynan mazkur bosqichda «shaharliklar»ni musobaqadan chiqarib yuborgan va jamoalar o‘rtasida jiddiy intriga paydo bo‘lgan. Endi esa Xosep Gvardiola boshchiligidagi «Siti» futbolchilari revansh olishni maqsad qilgan.

Husanovning o‘tgan mavsumdagi o‘yini — muxlislar xotirasida

O‘tgan yilgi uchrashuv o‘zbek futboli tarixida alohida iz qoldirgan. Mazkur bahsda ilk bor katta maydonga tushgan yosh himoyachimiz Abduqodir Husanov Vinisius Juniorni to‘liq nazorat ostida ushlab, madridlik yulduzga deyarli imkoniyat qoldirmagandi.

Shundan so‘ng ham ekspertlar, ham fanatlar Abduqodirning o‘yinini yuqori baholab, uni «Siti» safidagi eng yorqin debyutlardan biri sifatida tilga olgan. Ayni paytda esa navbatdagi muhim bahs arafasida jahon bo‘ylab «Siti» muxlislari Gvardioladan aynan Husanovni asosiy tarkibda ko‘rishni talab qilmoqda.

Muxlislar tomonidan Husanovga bo‘lgan katta hurmat

Klubning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida minglab fikrlar qoldirilmoqda. Quyida fanatlarning eng ko‘p qo‘llab-quvvatlangan izohlaridan ayrimlari:

Kipkoech Kigen:

«Vinisiusning hujumlarini to‘xtatish uchun o‘ng qanotga Husanovni qo‘yinglar, iltimos».

Mthõ Żiņtø:

«Vinisius Husanovdan o‘tib keta olmaydi».

Favour Idike:

«Husanov Mateush Nuneshdan ancha tezkor».

Sylviah Miruka:

«Realga qarshi o‘yinni aynan Husanov bilan boshlash kerak».

Andy Bi:

«Vinisiusni ushlab turish uchun bizga Husanovning tempi va tezligi zarur. Nunesh yaxshi, lekin unda bu darajada tezlik yo‘q».

Murunga Tobius:

«Pep unga ko‘proq o‘yin amaliyoti berishi shart».

Mike MW:

«Husanov Mbappeni ham nazorat qila oladi».

Bu fikrlardan ko‘rinib turibdiki, Abduqodir Husanov nafaqat o‘zbekistonlik muxlislar orasida, balki jahondagi millionlab «Siti» ishqibozlari qalbida ham o‘ziga xos o‘rin egallagan.

Katta sinov oldidan katta ishonch

«Real» — «Manchester Siti» o‘yini barchaga katta taassurot bag‘ishlashi turgan gap. Ayniqsa, Vinisius Junior va Kilian Mbappe kabi superhujumchilarga qarshi himoyada kim maydonga tushishi juda muhim.

Fanatlar esa bir ovozdan shunday deyishmoqda:

«Bizning tanlov — Husanov. Uni maydonda ko‘rmoqchimiz!»

Endilikda qaror Gvardiola qo‘lida. Ammo bir narsa aniq: millionlab muxlislar bu kechani Husanovning yana bir tarixiy o‘yiniga aylanishiga umid qilib turishibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardioladan talab: Husanov Vinisiusga qarshi asosiyda bo‘lsin