Trent Alexander-Arnold Angliya Premer-ligasiga qaytadimi?

Trent Alexander-Arnold Angliya Premer-ligasiga qaytadimi?

Trent Alexander-Arnold Real Madrid safiga oʻtganidan soʻng “uyqusiz tunlarni” boshdan oʻtkazgan va biroz afsuslangan boʻlishi mumkin. Biroq Liverpul sobiq yarim himoyachisi Danny Murphy GOAL nashriga bergan intervyusida Liverpul akademiyasi tarbiyalanuvchisining “Enfild”ga qaytishiga ishonmasligini va bunday transferdan hayratda qolishini maʼlum qildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Ispaniyadagi omadsiz debyut mavsumi va Thomas Tuchel boshchiligidagi Angliya terma jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionati qaydnomasidan tushib qolishi 27 yoshli himoyachining kelajagi borasida savollar tugʻdirmoqda. 2025-yilda “Santyago Bernabeu”ga koʻchib oʻtish Alexander-Arnold uchun yangi darajaga chiqish imkoniyati sifatida koʻrilgan edi, ammo jarohatlar va Dani Carvajal bilan raqobat uning ishlarini murakkablashtirib yubordi.

Madridlik talabchan muxlislar 2025-26-yilgi mavsumda La Ligada bor-yoʻgʻi 21 ta oʻyinda maydonga tushgan futbolchini hali toʻliq qabul qilishmadi. Shu bilan birga, Liverpul ham uning yoʻqligini sezmoqda: Jeremie Frimpong oʻzini koʻrsata olmadi, jamoa esa mavsumni beshinchi oʻrinda yakunlab, Arne Slot isteʼfoga chiqarildi.

Murphyning soʻzlariga koʻra, har qanday futbolchi yangi sarguzasht kutilganidek kechmasa, “men nima qilib qoʻydim?” degan xayolga borishi tabiiy. “U oʻz qobiliyatiga ishonadi, lekin mavsumdan koʻngli toʻlmagani aniq. Shunga qaramay, uning Liverpulga qaytishi qiyin masala. Birinchidan, muxlislar uning ketish uslubidan norozi boʻlishgan, ikkinchidan, uning Madridda olayotgan ulkan maoshini Angliya Premer-ligasida toʻlay oladigan jamoani topish mushkul”, — deydi ekspert.

Hozircha Trent Alexander-Arnold bor eʼtiborini tiklanishga va keyingi mavsumga tayyorgarlik koʻrishga qaratgan. Uning Real Madrid bilan shartnomasi bor va u Ispaniya poytaxtida oʻzini koʻrsatish uchun hali imkoniyatga ega deb hisoblanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar