“Uzreport” hamda “Futbol TV” o‘zbekistonlik futbol muxlislariga ajoyib sovg‘a tayyorlamoqda

“Uzreport TV” va “Futbol TV” telekanallari Yevropa qit’asida start olayotgan tomoshabop chempionatlarning eng qiziqarli uchrashuvlarini namoyish etadi. Bu haqda telekanallar Matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, telekanallar tomoshabinlari Chempionlar ligasi, Yevropa Ligasi, Angliya Premyer-ligasi va Ispaniya chempionati uchrashuvlari translyatsiyalarini tomosha qilishlari mumkin.
Ma’lumki, Yevropaning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli futbol turniri bo‘lgan UEFA chempionlar ligasining guruh bosqich uchrashuvlari 12 sentyabrdan start oladi. Hozirda ushbu musobaqaning kvalifikatsion bosqich o‘yinlari o‘tkazilmoqda.
“Uzreport TV” va “Futbol TV” telekanallari UEFA chempionlar ligasi so‘nggi kvalifikasiya bosqichining pley-off o‘yinlarini jonli efirda namoyish qiladi. 15-16 avgustda dastlabki pley-off o‘yinlar bo‘lib o‘tsa, javob uchrashuvlari 22-23 avgust kunlariga belgilangan.
Shuningdek, 24 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionlar Ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi ham “Uzreport TV” telekanalida jonli efir orqali namoyish etiladi.
Yevropaning klublar o‘rtasidagi nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi futbol turniri bo‘lgan Yevropa ligasining guruh bosqich uchrashuvlari 14 sentyabrdan start oladi. Hozirda ushbu musobaqaning kvalifikatsion bosqich o‘yinlari o‘tkazilmoqda.
25 avgust kuni Yevropa ligasining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. “Futbol TV” telekanali mazkur marosimni jonli efirda namoyish qiladi.
14 sentyabrdan esa “Futbol TV” telekanalida Yevropa ligasi guruh uchrashuvlarining translyatsiyasi boshlanadi.
Futbol bo‘yicha dunyodagi eng tomoshabop chempionatlardan biri bo‘lgan Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumi bugun boshlanadi.
Butun dunyodagi muxlislar kabi, O‘zbekiston hududidagi ishqibozlar ham Angliya Premyer-ligasi boshlanishini intiqlik bilan kutmoqda.
Telekanallar Angliya Premyer-ligasi uchrashuvlarini 12 avgustdan, ya’ni 1-turdan boshlab jonli efirda namoyish qilishni boshlaydi.
Dunyoning eng boy, eng sovrindor va eng mashhur ikki klubi - Real Madrid va Barselona ishtirok etadigan Ispaniya chempionatining yangi mavsumi boshlanishiga oz qoldi. 19 avgust kuni La liganing 2017/18 yilgi mavsumiga start beriladi.
Telekanallar Ispaniya chempionati uchrashuvlarini 19 avgustdan, ya’ni 1-turdan boshlab jonli efirda namoyish qilishni boshlaydi.
Muxlislar e’tiboriga mavsum davomida La ligadan o‘rin olgan qiziqarli va murosasiz uchrashuvlar, Ispaniya chempionatining har bir turida kiritiladigan barcha gollar to‘liq hajmda, yuqori sifatda taqdim etiladi.
Shu bilan birga, butun dunyodagi milliardlab muxlislarni o‘ziga qaratadigan Ispaniya chempionatidan o‘rin olgan ikkita “El klasiko” bahslari ham jonli efirda namoyish qilinadi.
Eslatma: ayni damda “Futbol TV” telekanalini O‘zbekiston Kabel televideniyasi, DVB-T2 formatidagi “UzDigital TV” televizion tarmoqlarida, shuningdek, provayderlarning IPTV xizmati foydalanuvchilari tomosha qilishlari mumkin.
Manba: Qalampir.uz

Izohlar 0
…