23:20 / 09.10.2020
4 476

Ronaldu “Yuventus”da isyon ko‘tardi, legionerlar unga qo‘shildi

Ronaldu “Yuventus”da isyon ko‘tardi, legionerlar unga qo‘shildi
“Yuventus” to‘purari Krishtianu Ronaldu klub rahbariyati bilan janjallashib qoldi. Mojaro koronavirus karantini oqibatida kelib chiqdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Turin klubining ikki xodimida koronavirus aniqlangach, “Yuventus” rahbariyati barcha futbolchilarni yaqin orada joylashgan mehmonxonada karantinga olishga qaror qiladi. Bungacha o‘yinchilar ikki marta test topshirib, manfiy natija olgan edi. Tibbiy protokolga ko‘ra, oradan bir necha kun o‘tkazib, uchinchi test olinishi kerak edi. Agar ular karantinga olinsa, terma jamoalar yig‘iniga yetib bora olmasdi.

Ronaldu Portugaliya terma jamoasi ixtiyoriga yetib borish uchun karantinda o‘tirish fikriga qarshi chiqadi. U jamoadoshlari oldida klub rahbariyatiga ovozini ko‘targan holda, noroziligini bildirib, janjal chiqaradi va terma jamoa ixtiyoriga ketib qoladi. Bu voqeaga guvoh bo‘lgan bir guruh xorijlik futbolchilar, xususan, Paulo Dibala, Xuan Kuadrado, Danilo, Rodrigo Bentankur va Merix Demiral 35 yoshli hujumchidan o‘rnak olib, o‘z mamlakatlari terma jamoalariga otlandi.

Hozircha, bu mojaroning oqibati haqida ma’lumot berilmayapti. Hammasi Krishtianu Ronaldu terma jamoadan klub ixtiyoriga qaytib borganda muhokama qilinishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu “Yuventus”da isyon ko‘tardi, legionerlar unga qo‘shildi