
36 yoshida “Manchester Yunayted” bilan shartnoma imzolab, Angliya premer-ligasida eng katta maosh oladigan futbolchiga aylangan Krishtianu Ronaldu kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
- Men futboldagi faoliyatimni davom ettiraman, chunki sovrinlar yutish uchun ishtiyoq hali so‘ngani yo‘q. Imkon qadar uzoq vaqt davomida zarur sifatlarimni saqlab qolishga harakat qilaman va bu menga yana to‘rt-besh yil yuqori saviyada o‘ynash imkonini beradi, - dedi Krishtianu Ronaldu.
"Yuventus"dan ketgan Ronaldu manchesterliklar bilan ikki yillik bitim imzolagan. O‘zaro kelishuvga ko‘ra, hamkorlik yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar