OpenAI va Anthropic marketing sohasidagi top-menejerlarni jalb qilmoqda

Sun'iy intellekt sohasidagi yetakchilar — OpenAI va Anthropic kompaniyalari o'z ishlanmalarini yirik biznes vakillariga samarali sotish uchun marketing bo'yicha tajribali top-menejerlarni faol jalb qilmoqda. Xususan, Salesforce va Snowflake kabi gigant tashkilotlarning sobiq rahbarlari o'zlarining korporativ aloqalari orqali dasturiy mahsulotlarni ommalashtirish maqsadida ushbu startaplarga o'tmoqda. Hozirda OpenAI daromadlarining salmoqli qismi aynan korporativ sektordan kelayotgan bo'lib, yil yakuniga qadar ushbu ko'rsatkich 50 foizdan oshishi kutilmoqda.
Sun'iy intellekt sohasidagi yetakchi startaplar bo'lgan "OpenAI" va "Anthropic" kompaniyalari o'z ishlanmalarini samaraliroq sotish maqsadida marketing mutaxassislarini faol jalb qila boshladi. Sohada dasturchilar uchun kurash doimiy bo'lsada, endilikda asosiy e'tibor korporativ mijozlar bilan ishlovchi menejerlarga qaratilmoqda. Bu haqda 3dnews.ru xabar beradi.
Ma'lumotlarga ko'ra, har ikki kompaniya so'nggi vaqtlarda "Salesforce", "Snowflake" va "Datalog" kabi yirik tashkilotlarning rahbarlarini o'z tomoniga og'dirib olgan. Masalan, "Salesforce" tarkibidagi "Slack" platformasini boshqargan Deniz Dresser "OpenAI" kompaniyasiga daromadlar bo'yicha direktor etib tayinlandi.
Marketing tuzilmalari rahbarlari sun'iy intellekt startaplari uchun korporativ muhitdagi aloqalari tufayli juda muhim hisoblanadi. Bu aloqalar dasturiy ta'minot va xizmatlarni yirik biznes vakillariga muvaffaqiyatli sotishda yordam beradi.
"Anthropic" boshidanoq biznes bozoriga yo'naltirilgan bo'lsa, "OpenAI" bu sohaga yaqinda jiddiy e'tibor qaratdi.
Joriy yilning yanvar holatiga ko'ra, "OpenAI" umumiy daromadining 40 foizini korporativ sektordan olgan. Yil yakuniga qadar bu ko'rsatkich 50 foizdan oshishi kutilmoqda.
Noyabr oyidagi hisobotlarga ko'ra, kompaniyaning butun dunyo bo'ylab 1 milliondan ortiq biznes foydalanuvchilari mavjud.






























Izohlar 0
…