date

Xiaomi Redmi K90 Pro Max narxini pasaytirdi

Xiaomi Redmi K90 Pro Max narxini pasaytirdi

Xiaomi kompaniyasi yillik "618" savdo festivali arafasida o‘zining flagman smartfoni Redmi K90 Pro Max narxini pasaytirdi. Qurilma narxi avvalroq butlovchi qismlar, xususan, xotira chiplari qimmatlashgani sababli oshirilgan edi, biroq endilikda u yana 4000 yuanlik boshlang‘ich darajasiga qaytdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Xiaomi Group prezidenti Lu Veybin xotira narxlarining oshishiga izoh berar ekan, bu holat yuqori unumdorlikka ega hisoblash tizimlari va ma’lumotlar markazlari tomonidan talabning keskin ortishi bilan bog‘liqligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, narxlarning ko‘tarilish davri kutilganidan ham uzoqroq davom etmoqda.

TrendForce tahliliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi choragida DRAM xotirasi 90–95 foizga, NAND xotirasi esa 55–60 foizga qimmatlashgan. Mutaxassislar ushbu tendensiya kelasi yilning oxirigacha saqlanib qolishini bashorat qilmoqda.

Lu Veybin xaridorlarga aynan chegirmalar davrida yangi qurilmalarni xarid qilishni maslahat berdi. Kompaniya xotira narxlari o‘sishda davom etayotgan bir paytda foydalanuvchilar uchun qulay imkoniyat yaratishga harakat qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xiaomi Redmi K90 Pro Max narxini pasaytirdi