date

Xiaomi 17 Max va iPhone 17 Pro Max: batareya quvvati bo‘yicha taqqoslash

Xiaomi 17 Max va iPhone 17 Pro Max: batareya quvvati bo‘yicha taqqoslash

Xiaomi kompaniyasi o‘zining yangi Xiaomi 17 Max smartfoni uchun o‘tkazilgan avtonomlik testlari natijalarini e’lon qildi. Bilibili platformasida video tomosha qilish stsenariysi asosida o‘tkazilgan sinovlarda qurilma rekord darajadagi natijani qayd etdi. Xiaomi 17 Max ilk bor 8000 mA/soat sig‘imli Xiaomi Jinshajiang batareyasi bilan jihozlangan bo‘lib, bu kompaniya tarixidagi eng uzoq vaqt ishlaydigan smartfon hisoblanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

E’lon qilingan videoda Xiaomi 17 Max smartfoni iPhone 17 Pro Max bilan solishtirilgan. Test natijalariga ko‘ra, Xiaomi flagmani videoni uzluksiz ijro etish rejimida 33,3 soat ishlagan bo‘lsa, iPhone 17 Pro Max taxminan 16 soatlik ko‘rsatkichni qayd etgan. Bu shuni anglatadiki, Xiaomi 17 Max bitta quvvat bilan ikkita iPhone 17 Pro Max'ning umumiy ish vaqtidan ham ko‘proq muddat xizmat qila oladi.

Texnik jihatdan yangi model 6,9 dyuymli ultra yupqa ramkali displey bilan ta’minlangan. Qurilma 200 MP sig‘imli Leica asosiy kamerasi, 1/1,4 dyuymli yirik sensor va 3 karrali periskopik telefoto ob’ektivga ega. Smartfon ishlashi Snapdragon 8 Gen 5 protsessori tomonidan ta’minlanadi.

Shuningdek, Xiaomi yangi flagmanida ko‘p kadrli birlashtirish algoritmlaridan foydalanganini alohida ta’kidladi. Bu texnologiya raqamli yaqinlashtirish (zoom) vaqtida ham tasvir detallarini yuqori sifatda saqlab qolish imkonini beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xiaomi 17 Max va iPhone 17 Pro Max: batareya quvvati bo‘yicha taqqoslash