17:15 / 13.05.2018
3 581

«Apple» endi kredit kartalar ishlab chiqaradi

«Apple» endi kredit kartalar ishlab chiqaradi
Foto: «Apple-iPhone.ru»
Amerikaning texnologik giganti hisoblanmish «Apple» kompaniyasi «Goldman Sachs» investitsiya banki bilan «Apple Pay» nomi ostida qo‘shma kredit kartasini joriy etishni rejalashtirmoqda, deb yozadi «Xabar» nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya «ishonch kartalari»ni ishlab chiqarish borasida anchadan buyon hamkorlik qilib kelayotgan Buyuk Britaniyaning «Barclays Plc» banki bilan hamkorlikni to‘xtatadi.

Ta’kidlanishicha, «Apple—Goldman» hamkorlik kartalari kompaniyaga o‘zining biznesidagi asosiy kamchiliklar bilan kurashishda yordam beradi. Bundan tashqari yangi «iPhone»lar savdosi borgan sari pasayib bormoqda, «Apple» esa mobil to‘lovlar, pulli musiqa tinglash va «AppStore» do‘koni orqali dasturlarni sotishga katta e’tibor qaratmoqda.

«Apple» va «Goldman» hamkorligi doirasida «iPhone» smartfonlari xaridorlarga kredit evaziga taqdim etiladi.

Hozircha kompaniyalar kredit kartalarini chiqarish bo‘yicha bitimning yakuniy shartlarini kelishib olishmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Apple» endi kredit kartalar ishlab chiqaradi