Parhezshunos-shifokor Mixail Ginzburg "Rossiya-1" telekanali efirida ichaklar mikroflorasini yaxshilaydigan mahsulotlarni aytdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ichaklar tozalanishi uchun to‘g‘ri ovqatlanish muhim, eng foydali mahsulotlardan biri - bu qora olxo‘ri.
"Uning tarkibida juda ko‘p miqdordagi oziq-ovqat tolasi bor ... U shuningdek shish paydo bo‘lishini oldini oladi ... kuniga 100-150 gramm yeyish mumkin. Unda shakar juda ko‘p va albatta, me’yoridan ortiq qora olxo‘ri iste’mol qilmaslik kerak", - deydi doktor.
Bundan tashqari, mutaxassis oziq-ovqat tolasiga boy bo‘lgan suli yormasidan tayyorlanadigan bo‘tqa ichaklarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
"Suli juda mazali va foydali. U qonning lipid tarkibini yaxshilaydi. Bu sog‘lom ovqatlanish, kuniga bir porsiya yeyishni maslahat beraman", - deydi Ginsburg.
Shuningdek, mutaxassis lavlagini ham foydali oziq-ovqat ro‘yxatiga kiritdi. "Oziq-ovqat tolasi va pektinlar. Lavlagi organizmdagi ortiqcha suyuqlikni chiqarib tashlaydi, qon bosimini yaxshilaydi va qon tomirlarini elastik qiladi", - dedi u.
Shifokor lavlagi sharbatini ichishni maslahat berdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»