Uzoq umr ko‘rish garovi sog‘lom turmush tarziga amal qilish ekani bugun barchaga ayon. Uning eng muhim jihatlaridan biri esa sog‘lom uyqudir.
SSV Matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, har kuni tunda bir xil vaqtda uxlaydiganlar boshqalarga qaraganda ko‘proq umr ko‘rar ekan.
— Inson salomatligida uyquning ahamiyati yuqori, — deydi tibbiyot fanlari nomzodi Feruza Tohirova. — Chunki kun davomida yo‘qotilgan energiya zaxiralari aynan uning yordamida qayta tiklanadi. Qolaversa, o‘qish va ishlash kabi hayotiy faoliyat uchun ham tiniqib orom olish zarur.
Kechki payt uyqudan avval uzoq vaqt televizor ko‘rish, kompyuterda ishlash, planshet yoki telefondan foydalanish, ya’ni ko‘z oldida sun’iy yorug‘likning bo‘lishi uyqu sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Oqibatda bosh miyada melatonin gormoni ishlab chiqarish kamayadi. Melatoninning qisqarishi esa tunda kortizol gormoni miqdorini oshiradi.
Bu holat:
- qonda qand va yog‘larning ortishi;
- semizlik;
- qandli diabetning 2-turi;
- yuqori qon bosimi va boshqa yurak-qon tomir kasalliklari;
- depressiya;
- immunitetning pasayishi;
- tez-tez shamollash;
- miya faolligining susayishi;
- jigarni yog‘ bosishi kabi muammolarga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, kayfiyat buzilishi, xotiraning susayishi va teridagi ayrim kasalliklar ham ko‘pincha tiniqib uxlamaslik oqibatida kelib chiqadi. Eng yomoni, inson ertasi kuni yetarlicha orom olsa ham buning organizmga foydasi bo‘lmaydi.
Shu bois cog‘lom uyqu uchun quyidagilarga amal qiling:
- Kechki uyqudan 1 soat avval televizor ko‘rmang;
- Kompyuter va gadjetlardan foydalanmang;
- Uyquga juda kech yotmang;
- Bir vaqtda yotib, bir vaqtda turishga odatlaning;
- Eng yaxshi uyqu vaqti kechki soat 23:00 dan tongi 06:00 gacha.
Sog‘lom uyqu vaqti yoshga qarab turlicha. Ya’ni bolalarda bu soat ko‘proqni tashkil qilsa, katta insonlarda biroz kamroq.
Misol uchun bir sutkada:
- chaqaloqlar — 18-19 soat;
- bolalar — 11-12 soat;
- katta yoshlilar — o‘rtacha 7-8 soat uxlashi me’yor hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari