11:49 / 06.09.2024
127

Kardiolog yurak salomatligi uchun eng foydali nonushtani ma’lum qildi

Kardiolog yurak salomatligi uchun eng foydali nonushtani ma’lum qildi
Nonushta kunning eng muhim taomidir, shuning uchun unga alohida e’tibor qaratish lozim, deb yozadi Sports.kz.

Yuqori sifatli nonushta sizga kerakli makro va mikroelementlarni olish imkonini beradi va bu turli kasalliklar xavfini kamaytiradi. Yurak uchun foydali nonushta tanlashda bir nechta narsalarni hisobga olish kerak.

Shakar miqdorining kamligi

Ratsionda shakarning ko‘pligi semirishga, qondagi qand miqdorining oshishiga va yurak xastaligi xavfining oshishiga olib kelishi mumkin, deydi Mayami yurak va qon tomir instituti kardiologi Serjio Darabant.

Qayta ishlangan go‘sht iste’mol qilmang

Kolbasa tarkibida to‘yingan yog‘ va natriy mavjud bo‘lib, ular xolesterin darajasini oshirishga va gipertenziya rivojlanishiga yordam beradi. Buning o‘rniga yog‘siz protein manbalarini tanlang. Bularga dengiz mahsulotlari, mol go‘shtining yog‘siz bo‘laklari, yog‘siz yoki yog‘i kam sut mahsulotlari, loviya, yong‘oqlar kiradi.

Kletchatkaga boy mahsulotlar

Mevalar, sabzavotlar, to‘liq donalar, dukkaklilar, yong‘oqlar kletchatkaga boy mahsulotlar hisoblanadi. Ushbu oziq-ovqatlar qon bosimini tushiradi, xolesterin darajasini pasaytirib, yallig‘lanishni kamaytiradi. Ular vaznni yaxshiroq nazorat qilish imkonini beradi, bu esa yurak salomatligini yaxshilashga yordam beradi.

Omega-3 ning mavjudligi

Bu yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega va yurak faoliyatini yaxshilashi mumkin bo‘lgan muhim yog‘lardir.

Past natriy miqdori

Natriyni ko‘p iste’mol qilish yuqori qon bosimi va yurak xastaliklari xavfi bilan bog‘liq.

Sog‘lom yurak uchun eng yaxshi mazali nonushta bu — ismaloq va avakadoli tost va chala qovurilgan tuxum. Buni tayyorlash uchun sizga 1 bo‘lak kepakli yoki to‘liq donli non kerak bo‘ladi. Uni qovurib, ½ avakado pyuresi, ismaloq barglari, 1 ta qovurilgan tuxum (yoki vegetarianlar uchun tofu), bir chimdim zig‘ir yoki chia urug‘i qo‘shing.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Kardiolog yurak salomatligi uchun eng foydali nonushtani ma’lum qildi