Qish mavsumida bolalarni turli kasalliklardan himoya qilish usullari

Salomatlik2 daqiqa o'qish435
Qish mavsumida bolalarni turli kasalliklardan himoya qilish usullari
Kuz va qish mavsumida yosh bolalarda laringit, o‘tkir yo‘tal va gripp kasalliklari kabi mavsumiy kasalliklar turkumidagi o‘tkir respirator virusli infeksiyalar soni ortib boradi. Ayniqsa, qishning qahratonida maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar yuqumli kasalliklarga chalinishga moyil bo‘ladi. Quyida ana shunday xastaliklarning tarqalishini kamaytiradigan va farzandlarimiz immunitetini mustahkamlaydigan oddiy usullar haqida ma’lumot beramiz.
Qish mavsumida bolalarni turli kasalliklardan himoya qilish usullari
Foto: Shutterstock
Avvalo, o‘sib borayotgan organizm sog‘lom ovqatlanishi, bolaning ratsioni turli xil va balansli oziq-ovqatlardan iborat bo‘lishi kerak. Kundalik taomnomada yangi uzilgan sabzavotlar, mevalar (C vitaminiga boy sitrus mevalari, kivi, qulupnay), oqsilli ovqatlar (go‘sht, baliq, dukkaklilar), foydali yog‘lar (yong‘oq, avokado, baliq, tuxum) bo‘lishi zarur. Ular organizmni zarur vitaminlar va minerallar bilan ta’minlaydi.

Bolalarning kundalik rejimga amal qilishi ham muhim, ular kuniga 10-12 soat uxlashi, o‘z vaqtida kunduzgi uyquga yotishi lozim. Kundalik faoliyati tartibga solinmagan va kam uxlaydigan bolalarning immuniteti zaifroq bo‘ladi va infeksiyalarga chalinish moyilligi ortadi. Shuningdek, toza havoda sayr qilish, faol o‘yinlar va sport bilan shug‘ullanish kabi muntazam jismoniy faollik ham immun tizimini mustahkamlaydi.

Farzandingizga gigiyena qoidalarini o‘rgatish, doimo qo‘llarni sovun bilan yuvish, kir qo‘llar bilan yuz, burun, og‘iz va ko‘z sohasiga tegmaslikni uqtirish lozim. Oila a’zolarining barchasida o‘zining shaxsiy sochig‘i va boshqa gigiyenik vositalari alohida bo‘lishi zarur.
Qish mavsumida bolalarni turli kasalliklardan himoya qilish usullari
Foto: Shutterstock
Uydagi va bolalar vaqt o‘tkazadigan har qanday xonadagi havoni muntazam shamollatish kerak. Ayniqsa, yaqin hududda biror yuqumli kasallik epidemiyasi e’lon qilingan bo‘lsa, xonalarga toza havo oqimi kirishini ta’minlash muhimdir.

Pediatrlar tavsiyasiga ko‘ra, emlash bir qator xavfli infeksiyalardan himoya qiladi va kasallikning jiddiy asoratlar bilan o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek, tanani chiniqtirish ham immunitetni mustahkamlaydi va organizmning sovuqqa chidamliligini oshiradi.

Yuqumli kasalliklar avj olgan mavsumda kasallangan odamlardan masofa saqlash, agar oilada kimdir kasal bo‘lsa, bemor va yosh bolalar o‘rtasidagi aloqani cheklash zarur. Kuz-qish mavsumida jamoat transporti, bolalar o‘yingohlari va odamlar gavjum bo‘ladigan boshqa joylarga bormaslik lozim.

Tibbiyot mutaxassislari yoshlar ham, kattalar ham birdek ko‘proq suyuqlik ichishi kerakligini ta’kidlaydi, chunki organizmdagi suv balansi juda muhim.
Qish mavsumida bolalarni turli kasalliklardan himoya qilish usullari
Foto: Shutterstock
Uy, bog‘cha yoki maktabdagi stressli muhit va umuman salbiy hislar bolaning immunitetini zaiflashtiradi, shu sababli farzandlar uchun yoqimli hissiy muhit yaratish, ular bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish, birgalikda o‘ynash va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish muhim.

Shifokorlar bolalarga pediatr nazorati ostida D vitaminini qabul qilishni tavsiya qiladi. Ushbu infeksiyalarga qarshi kurashishda yordam beradigan vitamin bola tug‘ilganidan keyin birinchi haftalarda tomchi ko‘rinishida profilaktika uchun beriladi.

Yuqorida qayd etilgan oddiy, ammo samarali choralar bolalar immunitetini mustahkamlashga va yuqumli kasalliklarni tezroq yengishga ko‘mak beradi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?