date

Bog‘dorchilik ruhiy salomatlik uchun kutilmagan davo bo‘ldi

Bog‘dorchilik ruhiy salomatlik uchun kutilmagan davo bo‘ldi

Peopletalk yozishicha, bugungi kunda “bog‘dorchilik terapiyasi” deb ataluvchi alohida yo‘nalish shakllangan. Uning asosiy maqsadi — o‘simlik parvarishi va bog‘ ishlari orqali ruhiy yordamga muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash.

Kaliforniya shtat universiteti (Long-Bich) o‘qituvchisi Karen Xaneyning ta’kidlashicha, haftasiga bir necha marotaba 20–30 daqiqa bog‘ bilan shug‘ullanish stressni kamaytiradi va kayfiyatni yaxshilaydi. Qanchalik tez-tez shug‘ullansa, foyda ham shunchalik ortadi.

Mutaxassislarning kuzatuvlariga ko‘ra, bog‘dorchilik tashvish va tushkunlikni kamaytiribgina qolmay, insonda xotirjamlik, maqsad va muvaffaqiyat tuyg‘usini mustahkamlaydi.

Bir tadqiqot natijalariga ko‘ra, ataylab bog‘ ishlariga vaqt ajratadiganlar kuchliroq ijtimoiy aloqalarga ega bo‘lib, stress darajasi pasaygani va tolaga boy oziq-ovqat iste’moli qariyb 7 foizga oshgani kuzatilgan.

Shuningdek, bog‘dorchilik turli kasalliklar — depressiya, yuqori qon bosimi, 2-toifa diabet va hatto saraton xavfini kamaytirishga yordam berishi mumkin. Tadqiqotda qatnashganlar haftalik jismoniy faollik o‘rtacha 42 daqiqaga oshganini ham qayd etishgan, bu bog‘ ishlari bilan shug‘ullanmaganlarda kuzatilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Bog‘dorchilik ruhiy salomatlik uchun kutilmagan davo bo‘ldi