date

Tungi ish yurak xuruji xavfini keskin oshiradi

Tungi ish yurak xuruji xavfini keskin oshiradi

Keng ko‘lamli ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, kechasi va tong otmasdan oldingi soatlarda ishlash inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Jami 320 ming nafar ishtirokchi qamrab olingan kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, tungi smenada mehnat qilish yurak xurujiga chalinish ehtimolini 16 foizga, yurak-qon tomir kasalliklariga duch kelish xavfini esa 79 foizga oshiradi.

Amerika yurak assotsiatsiyasi mutaxassislari tomonidan 39 yoshdan 74 yoshgacha bo‘lgan shaxslar o‘rtasida o‘tkazilgan tahlillar ham shu xulosani tasdiqladi. Olimlar ta’kidlashicha, kunduzi bajariladigan jismoniy mashqlar yoki faol turmush tarzi tungi ish va uyqu rejimi buzilishining salbiy ta’sirini to‘liq bartaraf eta olmaydi.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, agar tungi ish tartibidan voz kechish imkoni bo‘lmasa, salomatlikka yetkaziladigan zararni kamida qisman kamaytirish uchun peshingacha dam olish, yetarli uxlash va nosog‘lom odatlardan voz kechish tavsiya etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Salomatlik » Tungi ish yurak xuruji xavfini keskin oshiradi

Ko'p o'qilgan Salomatlik yangiliklari