date

Londondagi Enfildda 60 dan ortiq bolada qizamiq aniqlandi

Londondagi Enfildda 60 dan ortiq bolada qizamiq aniqlandi

Enfild hududida 60 dan ortiq bolada qizamiq kasalligi qayd etildi. Bu haqda 14 fevral kuni The Guardian nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hududdagi yettita maktab va bolalar bog‘chasida kasallik holatlari aniqlangan. Ayrim bolalar shifoxonaga yotqizilgan. Mutaxassislar kasallikning tez tarqalayotganiga hududda emlash qamrovi past ekani asosiy sabab bo‘layotganini ta’kidlamoqda.

UK Health Security Agency hisob-kitoblariga ko‘ra, agar vaziyat o‘z vaqtida nazoratga olinmasa, London shahrida 40 mingdan 160 ming nafargacha odam qizamiq yuqtirishi mumkin.

Enfild jamoat salomatligi direktori — Dudu Cher-Arami — qizamiq hozirda poytaxt uchun jiddiy xavfga aylanayotganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, London mamlakat bo‘yicha qizamiqqa qarshi emlash darajasi eng past bo‘lgan hududlar qatoriga kiradi.

Ayni paytda Enfild hududida vaqtinchalik emlash markazlari tashkil etilgan. Shuningdek, ota-onalarga bolalarni emlatish zarurligi haqida rasmiy ogohlantiruvchi xatlar yuborilmoqda.

Qizamiq havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan, juda tez tarqaluvchi virusli kasallik hisoblanadi. U ayniqsa yosh bolalar uchun xavfli bo‘lib, ayrim holatlarda o‘limga ham olib kelishi mumkin. Mutaxassislar ma’lum qilishicha, qizamiqqa qarshi emlash taxminan 97 foiz samarali hisoblanadi. Emlanmagan shaxs kasallangan odam bilan aloqa qilgan taqdirda deyarli 100 foiz holatda virusni yuqtirishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Salomatlik » Londondagi Enfildda 60 dan ortiq bolada qizamiq aniqlandi

Ko'p o'qilgan Salomatlik yangiliklari