O‘zbekistonda yigitlar necha yoshda uylanayotgani ochiqlandi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda birinchi marta nikohdan o‘tgan erkaklarning o‘rtacha yoshi 25,6 yoshni tashkil etdi.
Ayollar orasida esa birinchi nikohning o‘rtacha yoshi 21,4 yosh bo‘lgan. Bu ko‘rsatkichlar 2024 yilga nisbatan pasaygan.
Xususan, 2024 yilda erkaklar uchun o‘rtacha nikoh yoshi 26,2 yosh, ayollar uchun esa 21,8 yosh edi. 2025 yilda har ikki ko‘rsatkich ham kamaygan.
Statistikaga ko‘ra, 2000 yilda erkaklar birinchi marta o‘rtacha 24,2 yoshda, ayollar esa 21,4 yoshda nikoh qurgan. 2025 yil natijalari nikoh yoshi yana o‘sha davr ko‘rsatkichlariga yaqinlashayotganini ko‘rsatmoqda.





























Izohlar 0
…