
Madridning "Real" klubi yulduz vingeri Vinisius Junior qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
Insayder ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi "Real" bilan yangi mehnat shartnomasini kelishib ololmayapti. Futbolchi uchun Angliya Premer-ligasining Londonning "Chelsi" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, Saudiya Arabistoni chempionatining bir necha klublari ham Vinisiusni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Braziliyalik futbolchining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozida yakuniga yetadi.
Vinisius Juniorning transfer qiymati 150 million yevro etib belgilangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.