Arne Slot Liverpulning jarohat olgan futbolchilari haqida xushxabar berdi

Arne Slot Liverpulning jarohat olgan futbolchilari haqida xushxabar berdi
Qisqacha

Liverpul bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premer-ligasining Chelsi jamoasiga qarshi bahsi oldidan jamoaning asosiy tarkibi borasida ijobiy yangiliklarni ma'lum qildi. Unga ko'ra, hujumchi Alexander Isak mashg'ulotlarga qaytgan bo'lib, bo'lajak o'yinda tarkibga kiritilishi mumkin. Shuningdek, shaxsiy sabablar va yengil shamollashni boshdan kechirgan Ibrahima Konate hamda Florian Virts shanba kungi uchrashuvda maydonga tushishga tayyor.

Liverpul bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premer-ligasi doirasida Chelsi jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan jamoaning asosiy tarkibi haqida ijobiy yangiliklarni ma’lum qildi. Xususan, hujumchi Alexander Isak mashg‘ulotlarga qaytgani va yaqinlashib kelayotgan o‘yinda tarkibga kiritilishi mumkinligi tasdiqlandi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Ibrahima Konate va Florian Virts bilan bog‘liq xavotirlar ham o‘z tasdig‘ini topmadi. Arne Slotning ta’kidlashicha, Konate shaxsiy sabablarga ko‘ra mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan, Wirtz esa yengil shamollashdan so‘ng yana umumiy guruhga qo‘shilgan. Har ikki futbolchi ham shanba kungi muhim uchrashuvda maydonga tushishga tayyor.

Darvozabonlar chizig‘ida esa vaziyat biroz murakkabroq. Alisson Becker hali ham jarohatini davolamoqda, biroq Giorgi Mamardashvili kutilganidan tezroq safga qaytishi mumkin. U bugun ilk bor mashg‘ulotlarda qatnashdi.

Shuningdek, Muhammad Salahning ham jarohatdan tiklanish jarayoni yakuniga yetib qolgan. Arne Slot jamoaning asosiy tarkibi asta-sekin to‘liq shakllanib borayotganidan mamnunidan mamnunligini bildirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar