JCH-2026. Fransiya - Angliya 4:6 (kiritilgan gollarni tomosha qiling)

Jahon chempionatining uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsida Angliya terma jamoasi Fransiyani 6:4 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Deklan Rays 3-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 18-daqiqada Ezri Konsa ustunlikni 2 ta to‘pga oshirdi. 37-daqiqada Bukayo Saka uchinchi golni urdi, birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda esa o‘zining dublini rasmiylashtirdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Kilian Mbappe va Bredli Barkola hisobni 2:4 ko‘rinishiga keltirdi. 66-daqiqada Mbappe yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, oradagi farqni bitta golga tushirdi.
Biroq 87-daqiqada Saka penaltidan unumli foydalanib, het-trik qayd etdi. Fransiya Usmon Dembele orqali yana bitta gol urgan bo‘lsa-da, 90+8-daqiqada Jud Bellinghem inglizlarning 6-golini urib bahsga yakuniy nuqtani qo‘ydi.
JCH-2026. 3-o‘rin
Fransiya - Angliya 4:6
Gollar: Rays 3 (0:1), Konsa 18 (0:2), Saka 37 (0:3), Saka 45+1 (0:4), Mbappe 48 (1:4), Barkola 54 (2:4), Mbappe 66 (3:4), Saka 87, pen. (3:5), Dembele 90+6 (4:5), Bellinghem 90+8 (4:6).































Izohlar 0
…