JCH-2026 FIFA tarixidagi eng daromadli turnirga aylandi

2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tarixidagi eng daromadli musobaqaga aylandi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mundial FIFA g‘aznasiga qariyb 15 milliard AQSH dollari olib kelgan. Bu ko‘rsatkich tashkilotning dastlabki prognozlaridan ancha yuqori bo‘ldi. Avvalroq FIFA turnirdan taxminan 11 milliard dollar daromad olishni rejalashtirgan edi.
Qayd etilishicha, rekord daromadga erishishda eng katta ulushni o‘yin chiptalari savdosi va ularning rasmiy platformalar orqali qayta sotilishi ta’minlagan. FIFA har bir qayta sotuv bitimida xaridor va sotuvchidan alohida 15 foizdan komissiya olgani umumiy tushumning sezilarli darajada oshishiga xizmat qilgan.
Bundan tashqari, VIP paketlar, mehmonxona va eksklyuziv xizmatlarni o‘z ichiga olgan mehmondo‘stlik dasturlaridan tushgan daromad ham FIFA moliyaviy natijalariga katta hissa qo‘shgan. Mutaxassislar fikricha, tomoshabinlar sonining rekord darajaga yetgani va mundialga bo‘lgan ulkan qiziqish turnirning tarixdagi eng muvaffaqiyatli tijoriy loyihalardan biriga aylanishiga sabab bo‘ldi.






























Izohlar 0
…